Foto: News.myseldom
Qozogʻiston prezidentligiga nomzod Karakat Abden teledebatlar chogʻida xorijliklarga turmushga chiqadigan qozogʻistonlik qizlarning ota-onasini soliqqa tortish kerakligini aytdi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, chimkentlik fuqaro prezidentlikka nomzod Karakat Abdenning xorijliklarga turmushga chiqqan qozoq qizlari haqidagi fikrini soʻragan.
Bunga javoban u bu masalaning muhimligini taʼkidlagan.
“Bu juda muhim savol. Menga bu savolni yaqinda Qiziloʻrdada berishdi. Shuning uchun, men javob beraman — bunday vaziyatda yoshlar his-tuygʻularning chaqirigʻiga ergashadilar, men «baxtli boʻling” demoqchiman, lekin oxirgi vaqtda bunday qadamni tashlayotgan yoshlar soni oʻsib bormoqda», — deydi Karakat Abden.
“Turli hisob-kitoblarga koʻra — ular chet eldagi hayotga havas qilishadi, lekin biz anʼanani saqlash nuqtai nazaridan qarashimiz kerak. Qizlarimiz bizning boyligimiz, ularni chet elga qanday beramiz?! Xorijga turmushga chiqmoqchi boʻlganlarga ogʻir soliq solishni taklif qilaman”, — deydi prezidentlikka nomzod.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling