Toshkent shahar Olmazor tumanining ayrim hududlarida 1-iyul kuni soat 09:00 dan soat 16:30 gacha elektrda qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
Bunga “Bibliotechnaya” podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida mukammal ta‘mirlash ishlari amalga oshirilishi sabab bo‘ladi.
Taʼmirlash ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida, qisqa muddatli elektr ta‘minotida uzilishlar kuzatiladi.
Ushbu hududlar: “Chimboy”, “Qorasaroy”, «Guruch Ariq», “Tarqqiyot”, “Miskin”, “Achobod”, “Xoncharbog‘”, Olmazor City hamda “Namuna” MFYlarining ayrim hududlarida.
Mazkur hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.