Foto: "Yuz.uz"
Bolgariyada o'tkazilgan kurash bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida o'zbekistonlik erkin kurashchi Umidjon Jalolov oltin medalni qo'lga kiritdi.
Qayd etilishicha, O'zbekiston terma jamoasi jami to'rtta medal, jumladan: bitta oltin va uchta bronza medallarini qo'lga kiritdi. G'oliblar orasida:
Umidjon Jalolov (erkin kurash) – oltin medal;
Jafar Chuliboyev (erkin kurash) – bronza medali;
Samandar Bobonazarov (yunon-rum kurashi) – bronza medali;
Temurbek Nasimov (yunon-rum kurashi) – bronza medali.