Foto: MOQ
Iordaniyada boks boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida Hasanboy Doʻsmatov oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 51 kilogramm vazn toifasidagi final jangida Hasanboy Doʻstmatov qozogʻistonlik Saken Bibosinov bilan toʻqnash kelgan.
Xabarga koʻra, birinchi raund teng kurashlar ostida oʻtgan, unda hakamlarning ikki nafari Doʻstmatovning, uch nafari esa Sakenning foydasiga qaror chiqardi. Ikkinchi raund Doʻstmatov foydasiga yozilgan.
Jang yakunida oʻzbekistonlik bokschi Hasanboy Doʻstmatov gʻolib deb topilgan va u Osiyo chempioni boʻlgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling