Prezident farmoni bilan, Ochilboy Ramatov, Jamshid Qoʻchqorov, Jamshid Xoʻjayev hamda Zulayxo Maxkamova Bosh vazir oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, vazirliklarga rahbarlar tasdiqlandi:
- Sherzod Kudbiyev iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga;
- Laziz Kudratov investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri lavozimiga;
- Bobir Islamov togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri lavozimiga;
- Botir Zakirov qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri lavozimiga;
- Behzod Musayev kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga;
- Ibrohim Abdurahmonov oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga;
- Hilola Umarova maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga;
- Aziz Abduhakimov tabiat resurslari vaziri lavozimiga;
- Adham Ikramov yoshlar siyosati va sport vaziri lavozimiga;
- Sherzod Shermatov raqamli texnologiyalar vaziri lavozimiga;
- Ozodbek Nazarbekov madaniyat va turizm vaziri lavozimiga;
- Joʻrabek Mirzamahmudov energetika vaziri lavozimiga;
- Amrillo Inoyatov sogʻliqni saqlash vaziri lavozimiga tasdiqlandi.