Markaiy Bank
Markaziy bank “Turkistonbank” va “Hi-Tech Bank”ning litsenziyalarini bekor qildi
O‘zbekiston Markaziy banki “Turkistonbank” va “Hi-Tech Bank”ning litsenziyalarini qaytarib oldi, deb xabar berdi tartibga soluvchi organ matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, “Turkistonbank” mamlakat bank tizimida aktivlari bo‘yicha 26-o‘rinni, “Hi-Tech Bank” esa 29-o‘rinni egallagan.
Regulyator ushbu banklardan litsenziya bekor qilingani sabablarini keltirdi:
▪️ bank aktivlari boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi yetarlicha zaxiraning mavjud emasligi;
▪️ regulyativ kapitalining ellik foizidan ortiq miqdorda zarar koʻrganligini;
▪️ bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi;
▪️ buxgalteriya hisobining hisobotga oid maʼlumotlar buzilishiga olib keladigan va bankning haqiqiy moliyaviy ahvolini aks ettirish imkonini bermaydigan qoidabuzarliklar bilan yuritilganligi;
▪️ bank faoliyatidagi qoʻpol qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi Markaziy bank koʻrsatmalarining belgilangan muddatda bajarilmaganligi;
▪️ jiddiy qoidabuzarlik uchun Markaziy bank tomonidan jarima qoʻllanilganidan keyin huddi shunday qoidabuzarlikni takroran sodir etilganligi sababli “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻisida”gi Qonunning 20-moddasiga muvofiq Markaziy bank boshqaruvi ushbu qarorni qabul qilgan.
Mazkur qaror asosida Markaziy bank mazkur banklarning tugatish komissiyasi tarkibini belgilagan.
Omonatchilarning barcha mablag‘lari ikki oy ichida mijozlarga qaytariladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling