Termizga 15 dona avtobus olib kelindi

Avtobuslar Xitoyning “Zhongtong Bus” kompaniyasida ishlab chiqarilgan.

Termiz shahriga 15 dona avtobus olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Avtobuslar Xitoyning “Zhongtong Bus” kompaniyasida ishlab chiqarilgan.

Avtobuslarda barcha toifadagi yo‘lovchilar, jumladan, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun ham qulay va to‘siqsiz harakatlanish sharoitlari yaratilgan. 

Yangi avtobuslar Termiz shahridagi yo‘nalishlarda brutto-shartnoma asosida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling