O'zbekistonda kelasi haftada yog'ingarchilik kutilmoqda

Kelasi hafta havo harorati +10 darajagacha pasayishi aytildi

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Sinoptiklar yangi haftada kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 17-oktyabr kuni Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga, 18-19 oktyabrda respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

Unga koʻra, havo harorati +8...+10 darajaga pasayishi kutilmoqda. 17-19 oktyabrda havo harorati kechalari +3...+8 daraja iliqgacha, respublika shimolining baʼzi joylarida 0...-2 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari +15...+20 darajagacha asta-sekin pasayadi.

17-19 oktyabrda respublikaning baʼzi joylarida yomgʻir yogʻadi, togʻ oldi va togʻli hududlarning baʼzi joylarida, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) kuchli boʻladi.

17-18 oktyabrda respublikaning baʼzi joylarida shamol tezligi soatiga 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling