Foto: Yandex
"UzAuto Motors" kompaniyasining Oʻzbekistondagi dilerlari 13-dekabrdan boshlab Damas mikroveni va Labo kichik pikapi uchun shartnomalar tuzishni toʻxtatdi. Bu haqda "Kun.uz" xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Toshkentdagi avtosalonlardan birining xodimi shartnoma tuzish keyingi yildan boshlanishi kutilayotganini maʼlum qilgan.
Kompaniya 8-dekabrdan Lacetti va Cobalt uchun shartnoma berishni ham toʻxtatgan edi. Har ikki holatda ham mijozlarga bu borada oldindan anons yoki keyingi izohlar berilmagan.
Avvalgi yillarda kontraktatsiya toʻxtab, narxlar oshgan holda qayta ochilgani xaridorlarning narx oshishi borasidagi xavotirlariga sabab boʻlmoqda.
Oʻtgan oylarda Spark va Nexia avtomobillari ishlab chiqarishdan olingan, natijada ayni paytda mijozlar faqat yangi Onix modeli uchun shartnoma qilishi mumkin.
“UzAutoSavdo” ilovasiga koʻra, Onix uchun navbat 5 ming 300 ta avtomobilni tashkil etadi. Shartnomalar 2023-yil 31-dekabr sanasiga qadar avtomobil yetkazib berish sharti bilan tuzilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling