Foto: DXX
Viloyat bojxona boshqarmasi hamda DXX vakillari o'tkazgan tezkor tadbirda bir nechta noqonuniy tovar olib o'tish holatlariga chek qo'yildi.
Ma'lum qilinishicha, Fargʻona tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Mercedes-Benz yuk mashinasi toʻxtatilib, tekshirilgan. Tekshiruv natijasida avtomashina yukxonasining maxsus tayyorlangan qismidan umumiy qiymati 1 mlrd 13 mln soʻmlik 19 rusumdagi 484 dona uyali telefonlar topilgan.
Foto: DXX
Shuningdek, Vodil tumanida Captiva rusumli avtomashina ham toʻxtatib, tekshirilgan. Avtomashina koʻzdan kechirilganda, uning ichida ilgari aylanma yoʻllar orqali respublika hududiga olib kirilgan va tegishli hujjatlarsiz umumiy qiymati 621 mln soʻmlik 270 dona 9 rusumdagi mobil telefonlar borligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Namangan viloyati Pop tumanida oʻtkazilgan tekshiruv davomida Cobalt rusumli avtomobil tekshirilgan. Mashinada sumka ichidan 138 dona 4 turdagi mobil qurilmalar topilgan. Qoʻlga olingan haydovchining turar joyi koʻzdan kechirilganda, xuddi shu turdagi yana 17 dona telefon topilgan.
Umumiy qiymati 503 mln 750 ming soʻm boʻlgan 155 dona uyali telefonlar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.
Ayni damda surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling