Qashqadaryoda 13 yoshli qizni urib yuborgan Cobalt haydovchisi qochib ketdi — video

Haydovchi qidirilmoqda, qiz esa shifoxonaning jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan

Videodan lavha

Videodan lavha

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida Cobalt haydovchisi piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi, deb xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Viloyat IIB Matbuot xizmatining xabariga koʻra, 5-dekabr kuni soat 20:00 larda Qarshi shahar, “Nasaf” koʻchasida joylashgan “Original” supermarketi roʻparasida Cobalt haydovchisi piyodalar oʻtish yoʻlagidan oʻtayotgan 13 yoshli piyodani urib yuborgan.

Ammo, haydovchisi qizga hech qanday yordam koʻrsatmasdan, qochib ketgan. Natijada, voyaga yetmagan qiz tan jarohati olib, shifoxonaning jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 266-moddasi 1-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi 1-qismi (xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda holat yuzasidan viloyat miqyosida avtomashinani qidirib topish boʻyicha ishlar tashkillashtirilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar