Ijtimoiy tarmoqlarda 1 yoshga to‘lmagan bolani onasi ko‘chaga tashlab ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani matbuot xizmati izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, holat Bolalar ombudsmani tomonidan alohida nazoratga olinib, ichki ishlar va prokuratura organlari tomonidan o‘rganilmoqda.
Dastlabki ma‘lumotga ko‘ra, ayol O.J 7 oylik farzandini Samarqand viloyatning Oqdaryo tumanidagi mahalla ko‘chasida tashlab ketib, o‘zi yashiringanligi aniqlangan.
Holat yuzasidan hozirda tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bola tumandagi go‘daklar uchun bolalar uyiga joylashtirilib, unga hozirda zarur bo‘lgan parvarish ko‘rsatilmoqda.
Sirdaryo viloyatida yashovchi ayolning shaxsi aniqlanib, uning o‘z farzandiga nisbatan sodir etgan g‘ayriqonuniy harakatlariga huquqiy baho berish jarayoni bormoqda.