Marg'ilon shahrida o'qituvchilar o'rtasida mushtlashuv sodir bo'ldi — video

Mazkur holat Margʻilon shahar IIB tomonidan tegishli tartibda roʻyhatga olinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida joylashgan maktblarning birida oʻqituvchilar oʻrtasida oʻzaro mushtlashuv sodir boʻldi. Mazkur holat yuzasidan Fargʻona viloyati IIB matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, voqea 2022-yilning 19-dekabr kuni 15-maktabida sodir boʻlgan. Unga koʻra, 7-sinf oʻquvchisi dars paytida tashqariga chiqib kelish uchun oʻqituvchisidan ruxsat soʻragan lekin oʻqituvchi javob bermagan boʻlsada, ruxsatsiz tashqariga chiqib ketayotgan vaqtida, oʻqituvchining “qush uyasida koʻrganini qiladi” degan gapini eshitib, ikki nafar yaqinlarilarni chaqirib kelgan.

Natijada maktab oʻqituvchilari bilan sinf xonasida oʻzaro janjal kelib chiqqan. Xabarga koʻra, janjal davomida ikki nafar oʻqituvchilar tan jarohatlari olib, shifoxonaga murojaat qilishgan.

Hozirda mazkur holat Margʻilon shahar IIB tomonidan tegishli tartibda roʻyhatga olinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling