Buxoroda o'qituvchi o'quvchini bo'gib, kaltakladi — video

Video oliy ta'lim muassasasiga tegishli emasligi aytilmoqda

Foto: Videodan kadr

Foto: Videodan kadr

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot kotibi Buxorodagi ta'lim muassasasida kaltaklangan o'quvchi videosiga munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxorodagi oliygoh yoki tayyorlov kurslarining birida o'qituvchi o'quvchini ayamay urgani aks etgan video tarqaldi.

Vazirlik vakili Mo'min Ibodovga ko'ra, video oliy ta'lim muassasasiga tegishli emas. “Vaziyat qo'shimcha o'rganilmoqda. Agarda holat, haqiqatda oliygohlarning birida sodir bo'lgan bo'lsa, 'pedagog'ga nisbatan keskin chora ko'riladi”, deyiladi munosabatda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling