Foto: Teznews
Nomaʼlum shaxs Gʻijduvon tumani Armechan mahallasida yashovchi fuqaroning xonadoniga oʻgʻrilikka tushdi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar berdi.
Qayd etilishicha, u xonadonda boʻlgan shkaf ichidan umumiy bahosi 12 mln soʻmlik bir dona erkaklar kumush uzugi, ayollar tilla uzugi, toʻgʻnogʻichi, zanjiri, bijuteriya toʻgʻnogʻichi hamda bir juft bijuteriya ayollar ziraklarini oʻgʻirlab ketgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o'g'rilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jinoyat ishi boʻyicha olib borilgan tezkor-surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Gʻijduvon tumani Dilkusho mahallasida yashovchi 18 yoshli fuqaro sodir etgani aniqlangan. U Buxoro Davlat universitetining 1-bosqich talabasi hisoblanib, ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling