Foto: ekologuz
Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan kasb-hunar kollejiga chiyabo'ri kirib olgani aytildi. Bu haqda telegramdagi "ekologuz" kanali xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, Navoiy viloyati Karmana tumani “Do‘rman” mahallasida joylashgan kasb-hunar kolleji ishchi xodimlari tomonidan Karmana tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limiga “Kollej hovlisiga chiyabo‘ri (shoqol) kirib qolganligi” to‘g‘risida xabar qilingan.

Foto: ekologuz
Qayd etilishicha, Ekologiya boshqarmasi xodimlari voqea joyiga yetib borishgan va qutqarish chorlari ko'rilgan.

Foto: ekologuz
Shundan so‘ng, davlat inspektorlar tomonidan joyida dalolatnoma rasmiylashtirilib, chiyabo‘ri Karmana tumanining cho‘l hududiga olib borilib, tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborilgan.