Endi xalqaro reytinglarga kirgan OTMni tugatgan yoshlarga 12 mln so'mgacha ustama beriladi

 Ilmiy daraja olganlar esa 22,5 mln so'mgacha ustama olishlari mumkin

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Xalqaro reytinglarga kirgan OTMni tugatgan yosh kadrlarga 12 mln. soʻmgacha, ilmiy daraja olganlarga esa 22,5 mln soʻmgacha ustama beriladi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova AOKAda oʻtkazilgan brifingda ana shu haqda maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, xalqaro reytinglarga kirgan xorijiy OTMlarni tamomlagan yosh mutaxassislarga bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorida ustama toʻlanadi:

  • Reytingda 1-100-oʻrin: bakalavr — BHMning 30 barobari (9 mln soʻm), magistratura — 40 barobari, (12 mln soʻm), ilmiy daraja uchun — 75 barobari (22,5 mln soʻm);
  • Reytingda 101-300-oʻrin: bakalavr — 20 barobari (6 mln soʻm), magistratura 30 barobari (9 mln soʻm), ilmiy daraja uchun — 60 barobari miqdorda (18 mln soʻm);
  • Reytingda 301-500-oʻrin: bakalavr — 15 barobari (4,5 mln soʻm), magistratura — 20 barobari (6 mln soʻm) va ilmiy daraja uchun — 50 barobari miqdorida (15 mln soʻm) ustama beriladi.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling