Samarqandning Urgut tumanida rus tili o'qituvchisi o'quvchini kaltakladi. Bu haqda Milliy telekanalining "Millar" informatsion dasturi xabar bermoqda.
Malum qilinishicha, voqea 12-oktyabr kuni tumanning Chag'izmon mahallasida joylashgan 4-umumta'lim maktabida dars vaqtida o'quvchilarning ko'z o'ngida sodir bo'lgan.
"Koridordan tashqariga chiqayotgan edim, shu vaqtda ayam telefon qildi. Ularni mazalari yo'q edi. Telefonni ko'taray desam yo'q ko'tarmaysan deb, ichkariga kiritib, koridorda sudrab, burchakka qisib, urib, haqorat qildi", — deydi kaltaklangan yigit.
O'qituvchi bularning barchasi uyushtirilgan deb hisoblashini ta'kidlagan.
"12-oktyabr kuni ikkinchi soat dars edi. Taxminan soat 09:55 lar atrofi edi. Dars boshlanganiga 20 daqiqa bo'lyapti, o'quvchi zalda yuribdi. Darsga kir deb gapirdim, qo'lidagi telefonni bir ikki marta ushlab ogohlantirdim. Psixolog inspektorga aytib berganman, direktor nomiga bildirish berganman. Oldin ham bor edi bu narsa, ota-onalarining ham xabari bor edi bundan. Qo'rqmasdan to'g'ridan-to'g'ri gap qaytaryapti, ikkinchi qavatga chiqmayman, deb boshqa tomonga qochmoqchi bo‘ldi. Keyin qo‘lidan ushlab, ikkinchi qavatga chiqardim, sinfxonaga yaqinlashganda meni siltab tashladi. Stress holatdaman, besh oylik homiladorman. O‘quvchiga jahl bilan bir-ikki tarsaki soldim, kuchli asabiylashdim, o'zimni o'zim boshqarolmay qoldim", — deydi o'qituvchi.
Maktab ma'muriyati ushbu holat yuzasidan o'z munosabatini bildirgan.
Ma'lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan yig'ilish o'tkazilgan. O'qituvchi bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Shundan so'ng o'qituvchi bunday holatda ishlay olmasligini aytib, o'z arizasiga ko'ra ishdan bo'shab ketgan.
Xabarga ko'ra, holat ichki ishlar xodimlari tomonidan nazoratga olingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling