Foto: t.me/KarimovLibrary
Joriy yilning 29-avgust kuni Toshkentda Islom Karimov nomidagi Prezident kutubxonasi ochilishi bo'lib o'tdi.

Foto: t.me/KarimovLibrary
Qayd etilishicha, kutubxona 2018-yil avgust oyida ish boshlagan bo‘lib, u Prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan birinchi davlat rahbari xotirasini abadiylashtirish maqsadida ochilgan.

Foto: t.me/KarimovLibrary
Shuningdek, bir necha yillar davomida texnik va texnologik jihozlash ishlari olib borilgan hamda kitob fondi boyitilgan.

Foto: t.me/KarimovLibrary
Maʼlumotlarga qaraganda, kitoblar orasida Islom Karimovning asarlari, shuningdek, O‘zbekistonning birinchi prezidenti hayoti va faoliyatiga oid qo‘lyozmalar, adabiy asarlar, shuningdek, ilmiy nashrlar bor.

Foto: t.me/KarimovLibrary