Foto: ABC News
Donald Tramp 2024-yilgi saylovlarda ishtirok etishini rasman eʼlon qildi. Bu haqda "BBC" xabar bermoqda.
Sobiq prezidentning yordamchilari saylovda ishtirok etish uchun rasmiy arizani topshirgan.
“Amerikaning qaytishi hozirning oʻzida boshlanadi”, — degan siyosatchi tarafdorlari oldidagi chiqishida.
Tramp oʻz prezidentlik davrini faxr bilan eslagan. Uning soʻzlariga koʻra, prezident lavozimini tark etgach, mamlakat iqtisodiyoti tushkun holatga tushdi. Shuningdek, u amaldagi prezident faoliyatini keskin tanqid qilgan.
Sobiq prezident shuningdek, Amerikaning amaldagi prezidentini Ukrainadagi mojaroga bardosh bera olmagani tufayli mamlakatni yadro urushi yoqasiga olib kelgani uchun ham tanqid qildi.
"Hatto Polshaga ham raketa tushdi, ehtimol Rossiya tomonidan uchirilgan. Odamlar butunlay g'azablangan va tartibsizlikda. Ular bundan juda g'azablangan", deydi Donald Tramp.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling