Samarqandda mahalla raisi ayollarga shilqimlik qilgani aytilayotgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Hozirda holatni o'rganish boshlangan

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Samarqand Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi viloyatdagi mahalla raislaridan biri ayollarga shilqimlik qilayotgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda samarqandlik Hikmatullo degan mahalla raisi viloyat hokimini nomini sotib, ish qilib yuborgani aytilgan xabarlar tarqaldi.

“Bu ham yetmaganidek, mahallada ayollarga shilqimlik qilarkan. Eri Rossiyada musofirlikda degani, sen ularga erlik qilasan dengani emas, ey iflos! Hikmatullo sen ishongan odam seni lavozimingda olib qola olarmikana?!” deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hozirda ushbu holatni oʻrganish boshlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling