Videodan Kadr
So'nggi kunlarda ijtimoiy tamoqlarda shov-shuvlarga sabab bo'lgan "Millar tv" teledasturining muxbiri Dilmurod G'ofurov intervyu berdi. Unda muxbir shaxsiy hayoti hamda muxbirlik faoliyatiga to'xtalib o'tdi.
Dilmurodning aytishicha, aslida u jurnalistika yo'nalishi bo'yicha emas, aktyorlik yo'nalishida tahsil olgan. U dastlab davlat telekanallarida faoliyat yuritgan. Hozirda olib borayotgan "Millar" ko'rsatuvi loyihasi o'ziga tegishli ekanligini ma'lum qilgan.
Dilmurod davlat buyurtmasi asosida suratga olingan "Izquvar" serialida bosh rollardan birini ijro etgan.
Muxbirning ko'rsatuvni olib borish jarayonida kutilmagan xatti-harakatlarini ijro etadi va aynan shu sababli u ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, bir qancha muhokamalarga sabab bo'ldi.
Muxbir bunga javoban, ko'chada uni odamlar "vahimachi jurnalist" deb atashlarini, ko'rsatuvni bunday tarzda olib borishdan asosiy maqsad insonlarga voqelikni yanada aniqroq hamda tushunarliroq tasvirlab berish ekanligini aytgan.
Shuningdek, muxbir unga nisbatan tez-tez tahdidlar bo'lib turishini va doimo ehtiyotkorona harakat qilishini qo'shimcha qilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling