JCH—2022: Saudiya Arabistoni sensatsion tarzda Argentinani mag'lub etdi — video

Argentinaning mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasiga arablar chek qo'ydi

Foto: Eurosport

Foto: Eurosport

JCH—2022 "C" guruhidagi 1-tur dastlabki uchrashuvida Saudiya Arabistoni hamda Argentina terma jamoalari o'zaro to'qnash keldi.

Uchrashuvda dastlab Lionel Messi 10-daqiqada penaltidan hisobni ochib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Biroq, 2-bo'lim boshlanishi bilanoq arabistonliklar bor kuchlari bilan oldinga tashlanishdi. Natijada 5 daqiqa ichida ikkita gol urishga muvaffaq bo'lishdi. 

Bundan tashqari qizg'in kechgan bahsda Argentina terma jamoasining 3 ta goli offsayd sababli hisobga olinmadi.

JCH—2022 Saudiya Arabistoni - Argentina 2:1

22-noyabr, "Lussail" stadioni

Gollar: Messi (10), Al-Shehri(48), Al Davsari(53)

Tarkiblar:

Argentina – Martines, Molina, Romero, Otamendi, Talyafiko, Paredes, De Paul, Gomes, Di Mariya, Messi, Martines

Saudiya Arabistoni – Al Ovays, Abdulhamid, Al Tambakti, Al Bulayhi, Al Shahroni, Al Malki, Kanno, Al Faraj, Al Brikan, Al Dovsari, Al Shehri

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar