Foto: Repost.uz
Toshkent shahrida havo sifati yaxshilandi, deb xabar bermoqda shahar hokimligi matbuot xizmati.
Maʼlumotlarga koʻra, 17-noyabr holatiga koʻra, shahar atmosferasida PM 2,5 zarrachalari kontsentratsiyasi darajasi 6,2 mkg/m3 ni tashkil etgan boʻlib, bu ruxsat etilgan darajadan oshmaydi.
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Eslatib oʻtamiz, 16-noyabr kuni Toshkentda ertalab yomgʻir yogʻib, soʻngra qisqa muddatli doʻlga aylangan edi. Shundan so'ng kuzning ilk qori yog‘di.
Shu bilan birga, bir necha kun davomida poytaxtda havo sifati bilan bog‘liq muammolar yana kuzatildi.
Ma'lumot uchun 14-noyabr kuni Toshkent dunyodagi eng ifloslangan shaharlar o‘ntaligiga yaqinlashgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling