Foto: Repost.uz
Moskva—Toshkent yoʻnalishidagi HY-602 reysi Boeing 787-8 samolyoti Navoiyga favqulodda qoʻndirildi. Bu haqda “Новости Ташкентского Неба” xabar berdi.
Qayd etilishicha, poytaxt ustida oʻta kuchli shamol siljish hodisasi laynerni aerodromga qoʻnishi uchun toʻsqinlik qilgan.
Yuqori qatlamlarda turli bulutlar oqimidagi siljish kuchi 8 m/sek farqlangani uchun samolyot xavfsiz qoʻnishida muammolar keltirib chiqaradi. Aviatsiya yoʻriqnomalarida 6 m/sek yuqori shamol siljish hodisasi “oʻta kuchli” guruhda tavsiflangan.
Avvalroq Amerikada samolyot turar joy binosiga qulab tushgani haqida xabar qilingandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling