Yangi Zelandiya hukumati qiyin so'zlardan voz kechmoqchi

“Oddiy til qonuni” muxolifatning tanqidiga sabab bo‘ldi va ular saylovda g‘alaba qozonsa, qonunni bekor qilishga va’da berdi

Foto: The Guardian

Foto: The Guardian

Yangi Zelandiya parlamenti rasmiy hukumat hujjatlarida murakkab va yuqori darajada ixtisoslashgan lug‘atdan foydalanishni taqiqlovchi qonun loyihasini uchinchi o‘qishda ma’qulladi, deb xabar bermoqda "The Guardian".

“Til to‘g‘risida”gi qonun amaldorlardan jamoatchilik bilan muloqot qilishda sodda, tushunarli tildan foydalanishni talab qiladi. Yangi Zelandiya hukumatiga ko'ra hujjatlar aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, ta'lim darajasi past, nogironlar va ingliz tili ikkinchi til bo'lganlar uchun tushunarliroq bo'lishi kerak.

"Yangi Zelandiyada yashovchi odamlar hukumat ulardan nima talab qilayotgani va ularning huquqlari nimalardan iborat ekanini, shuningdek, hukumat ularga qanday erkinlik berganini tushunishga haqli",- dedi qonun loyihasini taqdim etgan deputat Reychel Boyak.

“Oddiy til qonuni” muxolifatning tanqidiga sabab bo‘ldi va ular saylovda g‘alaba qozonsa, qonunni bekor qilishga va’da berdi. Mazkur qonun loyihasi byurokratik kechikishlarni keltirib chiqarishi aytilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling