Foto: mr Kavkaz
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov voyaga yetmagan 14, 15 va 16 yoshdagi uch nafar farzandini Ukrainadagi urush maydonlariga yuboradi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Respublika rahbari o‘g‘illarining harbiy tayyorgarligi ancha oldin boshlanganini ta’kidlagan. "Ularga nazariya, turli xil qurollar bilan ishlash va ulardan foydalanish o‘rgatilyapti. Ular olingan ko‘nikmalarni “maxsus operatsiya” zonasida qo‘llashga tayyor", — deydi Qodirov.
“Haqiqiy kurashda o‘zini ko‘rsatish vaqti keldi va bu ularning xohishi, men faqat mamnunman. Tez orada ular front chizig‘iga boradilar va to‘qnashuv chizig‘ining eng qiyin uchastkalarida bo‘lishadi”, — deya qo‘shimcha qilgan Checheniston rahbari.
U Yevropadan harbiylarni tanqid qilayotgan “chechen tilida so‘zlashuvchi divan jangchilari”ga murojaat qilgan. Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, ularda na nomus, na ruh bor, shuning uchun hatto voyaga yetmagan bolalar ham ularni yengishlari mumkin.
Qodirovga ko‘ra, chechen bo‘linmalari urush zonasida “a’lo natijalar” ko‘rsatmoqda. Ular qo‘mondonlik tomonidan qo‘yilgan vazifalarni aniq bajarmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling