Holand: "Benzemadek bo'lmoqchiman"

Benzema 34 yoshida Oltin to'p uchun asosiy davogar bo'lib turibdi

Foto: goal.com

Foto: goal.com

Manchester City hujumchisi Erling Holand Karim Benzemaning hozirgi futbol formasi haqida iliq fikrlar bildirdi.

"Kelajakda meni nima kutayotganini bilmayman, lekin bu doim rivojlanish va o'rganish bilan bog'liq bo'lishi kerak. Eng yaxshi bo'lish uchun yangi usullarni o'rganishdan to'xtash kerak emas", deydi Holand.

Shuningdek, hujumchi Real Madrid forvardi Karim Benzema haqida ham to'xtalib o'tgan.

"Karim Benzemaga qarang, u hozir 34 yoshda va oxirgi yillarda futbolchi sifatida o'sdi. Bu juda ham yaxshi natija, u hozir Oltin to'p uchun asosiy da'vogar, Benzema kabi bo'lishi hohlayman", deb qo'shimcha qilgan Holand.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling