Buxoroda 18 yoshli qiz hojatxonada farzand dunyoga keltirdi, natijada bola vafot etdi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yil 3-sentabr kuni qizning qarindoshi uni zo'rlagan. Shundan so'ng ular ishqiy munosabatda bo'lgan va bu haqida hech kimga bildirmagan.
2022-yil yanvar oyida qiz homilador ekanligini bilib, onasiga aytgan. Ular bolaning biometrik otasini chaqirib, homiladorlik haqida xabar berishgan. Yigit qizga abort qilishni aytgan. Biroq, shifokorlar, agar abort qilsa, qiz boshqa homilador bo'la olmasligini tushuntirishshgan.
Shundan so'ng, ayol va uning qizi bu haqda oila a'zolariga aytmaslikka qaror qilishgan.
13-may kuni soat taxminan 14:30 larda qiz hojatxonaga kirib, farzand dunyoga keltirgan.
"Keyinroq u onasiga qo‘ng‘iroq qilib, bolasi hojatxona teshigiga tushib qolganidan qo‘rqib ketganini aytgan. Ona qizini tezda tuman tug‘ruq kompleksiga olib borgan, shifokorlar unga tibbiy yordam ko'rsatishgan" deyiladi sud hujjatlarida.
14-may kuni chaqaloqning jasadi huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan hojatxonaning chuqurligidan topilgan. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, chaqaloq yuqori nafas yo‘llariga begona moddalar (najas) tushishi va nafas yo‘llarining tiqilib qolishi natijasida vafot etgan.
Sud qizga bir yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling