Hafta davomida havo harorati qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

O‘zbekiston hududi bo‘yicha 7-11-iyul kunlari havo harorati asta-sekin pasayishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Havo harorati bugun kunduzi 36-41 darajani, 8-9-iyul kunlari 33-38 darajani, 10-11-iyulda 31-36 darajani tashkil etadi. O‘zbekiston janubida ham harorat pasayadi va ish haftasining oxiriga kelib harorat 37-40 darajani tashkil etadi.

Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 9-10-iyul kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

7-iyul kuni harorat asosan 39-41 daraja, 8-9-iyulda 35-38 daraja,10-11-iyulda 32-37 daraja bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling