Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati
Qashqadaryo viloyatida 2022-yilning toʻqqiz oyi mobaynida 552 ta korrupsion jinoyatlar sodir etilgan. Bu haqda viloyat hokimi, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha viloyat kengashi raisi Murotjon Azimov navbatdagi yigʻilishda aytib oʻtdi.
Qayd etilishicha, bu koʻrsatkichlar 2021-yilga nisbatan 114 taga oshgan.
Maʼlum qilinishicha, qonunchilikda davlat fuqarolik xizmatchilari tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi taʼqiqlangan boʻlsada, hokimlik, moliya va gʻaznachilik boshqarmasi xodimlaridan 34 nafari tadbirkorlik subyektlarida taʼsischi yoki rahbar sifatida faoliyat koʻrsatmoqda.
Shundan, 1 tasi hokim, 16 tasi hokim oʻrinbosari, 4 tasi hisobchi, 3 tasi yurist, 1 tasi kadrlar tarmogʻi rahbari, 2 tasi hokim yordamchisi, 1 tasi matbuot kotibi 2 tasi moliya boʻlimi boshligʻi, 4 tasi moliya va gʻaznachilik boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari hisoblanadi.
“Korrupsiyani olini olishda raqamni katta-kichikligi muhim. Bu sohada raqam oʻz soʻzini aytadi. Oʻtgan 9 oy davomida tegishli organlar bilan birgalikda sohalarni korrupsiyadan tozalashni jadallik bilan olib bormaganimizda koʻplab mablagʻlar oʻz-oʻzidan poraxoʻrlarni choʻntagiga tushgan boʻlar edi. Biz shu mablagʻlarni davlatga qaytardik. Davlat esa xalq farovonligiga sarflash orqali xalqni rozi qilishdan manfaatdor”, — deydi rais.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling