Toshkent shahrida 2022-yilning boshidan buyon 220 nafar goʻdaklar oʻlimi qayd etildi. Bu haqda Toshkent shahar prokurori oʻrinbosari Ulugʻbek Mamarajabov maʼlum qildi.
Qayd eyilishicha, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 57 taga kamaygan.
Xabarga koʻra, har bir oʻlim holati tibbiy kengashda muhokama qilinib, natijasi boʻyicha 65 nafar tibbiyot xodimlari intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Aniqlik kiritilishicha, tuman prokuraturasi tomonidan roʻyxatga olingan barcha holatlar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishini taʼminlash maqsadida dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, shahar prokuratura organlari tomonidan ushbu yoʻnalishda oʻtkazilgan oʻrganish va tahlillar natijasi boʻyicha jami 53 ta taqdimnomalar kiritilgan hamda natijasi boʻyicha 176 nafar tibbiyot xodimlari intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling