Foto: Repost.uz
2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekistonda 104,6 trillion soʻmlik qurilish ishlari bajarildi. Maʼlumotlar Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan.
Qayd etilishicha, mazkur koʻrsatkichlar oʻtgan yilning shu davriga nisbatan qurilish ishlari hajmi 5,7 foizga oshgan.
Quyida 2019-yildan buyon bajarilgan ishlar hajmining oʻsish surʼatlari statistikasi keltirilgan:
2019-yil yanvar-oktyabr - 23%;
2020-yil yanvar-oktyabr - 8,9%;
2021-yil yanvar-oktyabr - 5,6%;
2022-yil yanvar-oktyabr - 5,7%.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling