Anchelotti Valverdega: “Bu mavsumda kamida 10ta gol urmasang, murabbiylik litsenziyamni yirtib yuboraman”

Real Madrid murabbiyi futbolchi o'tgan mavsum kam gol urganidan hayratlangan

Foto: marca

Foto: marca

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Federiko Valverdening oʻyini haqida hazil qildi.

24 yoshli yarimhimoyachi bu mavsumda Madrid klubi safida 8ta oʻyinda 3ta gol urdi va 2ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Meni eng hayratga solgan narsa uning juda kam gol urishi edi. Oʻtgan mavsumda u faqat 1 bor toʻp kiritgandi.

Fedaga unda tosh oyoq bor ekanligini aytdim — «Malyorka” bilan bahsda u aql bovar qilmaydigan zarba berdi. “Leypsig”ga qarshi oʻyinda ham chap oyoqda gol urdi.

Unga agar bu mavsumda kamida 10ta gol urmasa, murabbiylik litsenziyamni yirtib yuborishimni aytdim.

Uni oʻz pozitsiyasi boʻyicha dunyoning eng yaxshisi deb atashga hali erta — biroz kutish kerak», — deya italiyalik mutaxassisning soʻzlarini keltiradi Marca.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling