Oʻzbekistonda top-1000 talikka kirish uchun da'vogar universitetlar soni ortdi

Respublikadagi yana 18 ta oliy ta’lim muassasasi "reporter" maqomini qayd etdi

Foto: UzReport.news<br>

Foto: UzReport.news

O‘zbekistondagi 28 ta oliy ta’lim muassasasi World University Rankings – 2023 xalqaro reytingida "reporter" maqomiga ega bo‘ldi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings – 2023 reyting natijalarini e’lon qilgan.

Reytingga koʻra, respublikadagi yana 18 ta oliy ta’lim muassasasi "reporter" maqomida qayd etilishi bilan top-1 000 talik reytingdan joy olish uchun davogar universitetlar 2021-yilgi 10 tadan 28 taga yetgan.

Bu reytingda universitetlarning 4 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi: o‘qitish, tadqiqot, ta’lim sifati va xalqaro istiqbollar.

Shuningdek, mazkur 28 ta oliy ta’lim muassasasi THEning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda reyting agentligi ularga yaqindan yordam berishi ma’lum qilingan.

Maʼlumot oʻrnida, joriy yil ushbu reytingda 1 ming 799 ta universitet qayd etilib, 526 ta universitet "reporter", ya’ni da’vogar universitetlar nominasiyasiga ega bo‘lgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling