Foto: profile.ru
Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, Toshkent shahridagi markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, 2022-yil 19- oktyabrdan issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Qayd etilishicha, 22-oktyabrdan ijtimoiy soha obyektlari va 24-oktyabrdan ko‘p qavatli turar joy binolarini bosqichma-bosqich issiqlik energiyasi bilan ta’minlash boshlanadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling