Foto: Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB matbuot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida katta tezlikda kelayotgan “Jiguli” haydovchisi qoʻylar podasini urib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea 30-noyabr kuni soat taxminan 05:30 larda viloyatning Sariosiyo tumani M41 avtomobil yoʻlining 1460 kmda sodir boʻlgan.
Unga koʻra, 42 yoshli fuqaro boshqaruvidagi “Jiguli VAZ-2106” rusumli mashinasi “Denov-Chegara” yoʻnalishi boʻylab ketayotgan vaqtda, shu yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan “Nazarsoy” fermer xoʻjaligiga tegishli 763 bosh qoʻylarning 30 tasini urib yuborgan.
Hozirda holat yuzasidan Sariosiyo tumani IIB YHXG masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling