Zimbabvelik erkak fildan qochish maqsadida daryoga tushdi va timsoh hujumiga uchradi

43 yoshli erkak ov qilish uchun ketayotgan bo'lgan

Foto: Mirror<br>

Foto: Mirror

Zimbabvening Mlibizi qishlog‘ida yashovchi 43 yoshli Uinders Sianene fildan qochaman deb timsox hujumiga uchradi. Bu haqda "Mirror" xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, u baliq ovlash maqsadida ketayotganda quturgan filga duch kelgan. Uinders filni o'zi tomon kelayotganini ko'rib, undan qochish uchun daryoga sakragan. U daryo orqali qarama-qarshi qirg'oqqa o'tib olishni rejalashtirgan.

Foto: Mirror<br>

Foto: Mirror

Biroq, daryoda uning oyog'ini ikki metrli timsox tishlab olgan. Uinders bunday vaziyatda ham o'zini yo'qotmagan. U hayot uchun kurashgan. Timsoxning ustiga chiqib qo'lini uning og'ziga solgan va tilini ushlagan. Shundan keyin u bor kuchi bilan yordam chaqirgan.

"Men timsohning ustiga chiqdim va uning boshini mahkam ushlab oldim, o'ng qo'limni uning katta og'ziga tiqdim va tilini ushlab oldim. Timsox tilini ushlab olganimdan keyin tinchlana boshladi Men har qanday holatda ham yashashim kerakligini bilardim. Timsoxlarning tili kichkina, shu uchun ham ular unga biror narsa teginishini istamaydi, chunki u jabr ko'rishi mumkin", — deydi u.

Shu daryo yaqinida yashovchi aholi yordamga yetib kelib, timsoxning og'zini yog'och yordamida ochishga muvaffaq bo'lgan. Lekin shifokorlar Uindersning oyoq va qo'lini saqlab qolisholmagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling