Ramzan Qodirov Rossiya bilan do'stlashmaganlar tishsiz qolishini aytdi

Uning fikricha, G‘arb siyosatchilari Rossiyani qulatish strategiyasini to‘xtatib, kelajakdagi hamkorliklari haqida o‘ylashlari kerak

Foto: rus.delfi.lv

Foto: rus.delfi.lv

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov G‘arbga Rossiya bilan do‘st bo‘lishni o‘rganishni maslahat berib, Rossiya Federatsiyasi dunyodagi barcha davlatlar orasida eng yaxshi do‘st ekanini aytgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Bugungi Rossiya Gorbachyov respublikalar ittifoqi ham, Yelsin hududi ham emas. Rossiya bilan do‘st bo‘lishni o‘rganing — o‘z tishlaringiz butun bo‘ladi”, 

— deydi Checheniston rahbari Ramzan Qodirov.

Qodirovning fikricha, G‘arb siyosatchilari Rossiyani qulatish strategiyasini to‘xtatib, kelajakdagi hamkorliklari haqida o‘ylashlari kerak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari haligacha zamonaviy Rossiya Federatsiyasi “Gorbachyov respublikalari ittifoqi” bo‘lishni to‘xtatganini anglab yetmagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling