“Hi-Tech Bank” Markaziy bankning litsenziyani bekor qilish haqidagi qarori ustidan sudga shikoyat qildi

Oktyabr oyi boshida bankni tugatish jarayoni boshlangandi

Foto: Review.uz

Foto: Review.uz

“Hi-Tech Bank” xususiy tijorat banki Markaziy bankning litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori munosabati bilan sudga murojaat qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib oʻtamiz, 7-oktabr kuni “Hi-Tech Bank”ning bank litsenziyasi bekor qilingan edi. Shu kuniyoq bank faoliyatini tugatish jarayoni boshlangan.

Keyinchalik Markaziy bank Hi-Tech Bank va Turkistonbank litsenziyalari bekor qilingani sabablarini keltirdi:

  • bank aktivlarida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan yo'qotishlar uchun yetarli zaxiralarning yo'qligi;
  • ustav kapitalining 50 foizidan ortig'i miqdoridagi yo'qotishlar;
  • bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi;
  • buxgalteriya hisobi hisobot ma'lumotlarining buzilishiga olib keladigan va bankning real moliyaviy holatini aks ettirishga imkon bermaydigan qoidabuzarliklar bilan olib borilganda;
  • Markaziy bankning bank faoliyatidagi qo‘pol huquqbuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini belgilangan muddatda bajarmaslik.

“Hi-Tech Bank” xususiy aksiyadorlik tijorat bankining Markaziy bank qarori yuzasidan sudga bergan murojaati protsessual qonunchilik asosida ko‘rib chiqilishi mumkin, deya qo‘shimcha qildi tartibga soluvchi organ.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling