Bir tonna o'zbek isriqini Rossiya orqali noqonuniy olib o'tmoqchi bo'lganlar qo'lgan olindi

Yuk Yaqin Sharq davlatlaridan biriga jo'natilgan

Foto: Rossiya Federal bojxona xizmati

Foto: Rossiya Federal bojxona xizmati

Novorossiyskda O‘zbekistondan kelgan konteynerlarda bir tonnadan ortiq narqotik moddasi bo‘lgan quritilgan harmala (isriq) topildi. Bu haqda Rossiya Federal bojxona xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yuk Yaqin Sharq davlatlaridan biriga jo‘natilgan, ammo, aynan qaysi davlatga ekani aniqlanmagan. Ular isriqdan tashqari, quritilgan mevalar, yovvoyi gul, zig'ir moyi, idish-tovoq va quritilgan o'tlarni mayda bo'laklangan holga keltirib, olib o'tishmoqchi bo'lgan.

Ma'lumotlarga qaraganda, yukning umumiy og'irligi 1184,44 kg ni tashkil qilgan.

Mazkur holat yuzasidan, huquq-tartibot organlari tomonidan Rossiya Jinoyat kodeksining 229.1-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning prekursorlarini kontrabandasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling