Eronda namoyishlar jiddiy tus oldi: qurbonlar bor — video

Namoyishchilar politsiya mashinalari va axlat qutilariga o‘t qo‘ygan

Foto: bbc

Foto: bbc

Eronda hijobni noto'g'ri o'ragani uchun 22 yoshli qiz o'ldirilgani ketidan noroziliklar, namoyishlar boshlanib ketgani haqida xabar bergan edik.

Namoyishlar beshinchi kunga kelib jiddiy tus olishni boshladi, butun mamlakat bo‘ylab ayollar hijobni yoqib, sochlarini kesmoqda.

Rasmiy IRNA axborot agentligiga ko‘ra, politsiya 1000 ga yaqin odamni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Janubdagi Sheroz shahrida sodir bo‘lgan shiddatli to‘qnashuvlarda bir politsiyachi halok bo‘lgani va to‘rt nafari yaralangani xabar qilingan.

Namoyishchilar ko‘chalarni to‘sib, xavfsizlik kuchlariga tosh otdi, politsiya mashinalari va axlat qutilariga o‘t qo‘ygan, hukumatga qarshi shiorlar aytishgan.

Namoyishlar boshlangan Amini viloyati Kurdiston gubernatori Ismoil Zarey Kusha seshanba kuni viloyatdagi namoyishlar paytida uch kishi halok bo'lgani aytildi, lekin qachon bo'lganiga aniqlik kiritilmagan.

Norvegiyaning asosan kurdlar yashaydigan hududlarda inson huquqlarini kuzatuvchi Hengaw tashkiloti shanba va yakshanba kuni Kurdiston poytaxti Sakez va Sanandajda namoyishchilarni tarqatish uchun politsiya o‘q-dorilar, rezina o‘qlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangani oqibatida 38 kishi jarohatlanganini ma'lum qilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling