Shveysariya sudi Gulnora Karimova va uning jinoiy sheriklarining 336 mln dollar mablagʻlarini musodara qildi

Qaytarilayotgan mablag'lar ijtimoiy sohaga yo'naltirilishi, asosan sog'liqni saqlash va ta'lim sohalarini rivojlantirishga ishlatilishi rejalashtirilmoqda

Foto: interfax

Foto: interfax

Adliya vazirligi matbuot kotibining yozishicha, Gulnora Karimova va uning boshchiligidagi uyushgan jinoiy guruh a'zolarining aktivlarini musodara qilish bo'yicha ishlar Shveytsariya sud organlariga oshirilgan.

Qayd etilishicha, undirilishi lozim bo'lgan jami summa davom etayotgan jinoiy ish jarayoniga bog'liq bo'ladi, lekin taqriban 686 million dollarga teng. Ushbu ishlar Shveytsariya sudlarida ko'rib chiqilib, qariyb 336 million dollar uzil-kesil musodara qilingan. Shundan 131 million dollar O'zbekistonga qaytishi xal bo'lgan, 205 million dollar bo'yicha esa yakuniga yetmoqda.

Hozirgi kunda, qo'shimcha 350 million dollari miqdoridagi mablag'larni musodara qilish masalasi Shveytsariya sudlarida ko'rib chiqilmoqda. 16-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi va Shveytsariya Konfederatsiyasi o'rtasida “Shveytsariya Konfederatsiyasi hududida konfiskatsiya qilingan noqonuniy orttirilgan aktivlarni O'zbekiston Respublikasi aholisining manfaatlarida qaytarish yo'llari to'g'risida”gi bitim imzolangan.

Mazkur bitim noqonuniy orttirilgan taqriban 131 mln AQSh dollariga teng aktivlarni O'zbekistonga qaytarishni, qaytarishning asosiy prinsplari, mexanizm va maqsadlarini belgilaydi.

Qaytarilayotgan mablag'lar ijtimoiy sohaga yo'naltirilishi, asosan sog'liqni saqlash va ta'lim sohalarini rivojlantirishga ishlatilishi rejalashtirilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling