Bayden: “Menimcha, Putin Rossiyani Kiyevda ona yurtiga mulozamat koʻrsatgandek quchoq ochib kutib olishadi, deb oʻylagan”

Amerika prezidenti Jo Bayden CNN telekanaliga intervyusida Putin haqida gapirdi

Foto: CNN

Foto: CNN

AQSH prezidenti CNN telekanaliga bergan intervyusida Putin Kiyevga bostirib kirib, xato yoʻl tanlaganini aytdi.

“Putin oqilona siyosatchi, lekin Ukrainaga bostirib kirishni juda xato hisoblagan” — Jo Bayden.

 “Menimcha, u Rossiyani Kiyevda ona yurtiga mulozamat koʻrsatgandek quchoq ochib kutib olishadi, deb oʻylagan”, — deya qo'shimcha qilgan Amerika prezidenti.

Shuningdek, Bayden Putin Ukrainada taktik yadro qurolini qoʻllashga jurʼat etishiga ishonmaydi, biroq, agar bu amalga oshirilsa, oqibatlari “juda dahshatli" boʻlishini biladi.

Baydenning soʻzlariga koʻra, AQSH Mudofaa vazirligi bu kabi ehtimol uchun “oldindan zaxira variantlarini ishlab chiqqan”.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar