Toshkentning Sergeli tumanidagi ko‘p qavatli uyning 5-qavatida osilib qolgan 14 yoshli qiz qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirliklari matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 6-sentyabr kuni soat 09:47 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga bir fuqaro tomonidan Sergeli tumani “Ittifoq” MFY Sergeli 2-dahasida joylashgan ko‘p kvartirali uyning 5-qavatida 14 yoshli qiz bola osilib qolganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Maʼlum boʻlishicha, zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borib, voyaga yetmagan fuqaro avtonarvon va maxsus anjomlar yordamida qutqarilgan.