31-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan tadbir oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Shu sababli poytaxtimizning ayrim koʻchalarida yoʻllar yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Unga koʻra, Yangi Oʻzbekiston, Mahtumquli, Tabarruk va Choʻlpon koʻchalarida soat 18.00 dan 24.00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi.
Foto: Toshkent shahar IIBB
“Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz va aylanma yoʻllardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling