Foto: Teznews
Mirzo Ulug‘bek tumanida qalbaki dollarga IPhone 13 xarid qilish holati aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqaro “OLX” sayti orqali notanish xaridor ayol bilan o‘zining IPhone 13 rusumli uyali aloqa vositasini 1 ming 200 dollarga sotishga kelishib, tumandagi "Evos" kafesi oldida uchrashgan paytida xaridor ayol unga uyali aloqa vositasi uchun 12 dona 100 dollarlik qalbaki kupyuralarni berib ketganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o'tamiz, qalbakiligini bilmagan holda qalbaki valyuta qimmatliklarini olib, undan keyinchalik foydalangan shaxsning qilmishi ham jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling