Samarqand viloyatida kuzatilgan holatga aloqador boʻlgan 7 nafar tizim mutasaddisi va tibbiyot xodimi oʻz vazifasidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi. Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi Sevara Ubaydullayeva shifokorning ishdan boʻshatilishi sababiga aniqlik kiritdi.
Maʻlum qilinishicha, ushbu 7 nafar tizim mutasaddisi va tibbiyot xodimi oʻz vaqtida SSVga xabar bermagani maʻlum boʻlgan. Xabarga koʻra, Sogʻliqni saqlash vazirligi ishchi guruhi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishda bolalarda kuzatilgan holat boshlanganiga 2 oydan oshganligi oʻz tasdigʻini topgan.
Tizimga doir har bir favqulodda holat boʻyicha shu kunning oʻzida vazirlikka tezkor maʼlumot taqdim etish zarurligi toʻgʻrisida tegishli meʼyoriy hujjat va talablar mavjud.
“Vaholanki, tizimga doir har bir favqulodda holat boʻyicha shu kunning oʻzida vazirlikka tezkor maʼlumot taqdim etish zarurligi toʻgʻrisida tegishli meʼyoriy hujjat va talablar mavjud. Shunga qaramay, bu xodimlar 2 oydan beri bu holat toʻgʻrisida Sogʻliqni saqlash vazirligiga xabar bermagan”, — deydi Sevara Ubaydullayeva.
Oqibatda juda katta vaqt boy berilgan. Yaʼni bolalar oʻrtasida noaniq holatlar yuz bergach, zudlik bilan bu boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri Sogʻliqni saqlash vazirligiga xabar berilmagan.
Hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasiga ham mazkur holat yuzasidan juda kech rasmiy xat kiritilgan. Shu sababli qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrildi va oʻrganishlar davom etmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling