O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi rekonstruksiyadan so‘ng qayta ochiladi

Muzey 24–26-iyul kunlari fuqarolarni bepul qabul qiladi.

24-iyul kuni O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi rekonstruksiyadan so‘ng tashrif buyuruvchilar uchun qayta ochiladi. Bu haqda muzey matbuot xizmati ma‘lum qildi.

Ma‘lum qilinishicha, ochilish marosimi 24-iyul kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

1876-yilda tashkil etilgan muzey bu yil o‘zining 150 yillik yubileyini nishonlaydi. 

Muzey fondida 350 mingdan ortiq tarixiy buyum saqlanadi hamda u O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi eng yirik madaniy maskanlardan biri hisoblanadi.

Shuningdek, 24–26-iyul kunlari «Ochiq eshiklar kuni» tadbirlari doirasida O‘zbekiston fuqarolari muzeyga bepul tashrif buyurishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling