Interpol qidiruvidagi firibgar Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Yirik miqdordagi firibgarlikda ayblanayotgan fuqaro Interpol kanallari orqali Polshada aniqlandi.

Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvda bo‘lgan va yirik miqdordagi firibgarlikda ayblanayotgan fuqaro Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabar berdi.

Interpol kanallari orqali qidiruvdagi fuqaroning transchegaraviy harakatlari aniqlanib, u Polsha hududida qo‘lga olingan. 

Polsha vakolatli organlarining qaroriga ko‘ra, u sud oldida javob berishi uchun O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlariga topshirildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling